Joriy yilning 11-fevral kuni yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, shuningdek, 2017–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq "Yoshlarimiz - kelajagimiz" mavzusida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyi bitiruvchi o‘quvchilari, akademik litseyning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Z.Nomozov va ruhshunos N.Ellievalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo‘yicha TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyi bilan ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy uslublardan foydalanish, bitiruvchi o‘quvchilarni oliygohlarga yo‘naltirish maqsadida hamkorlikni yanada keng yo‘lga qo‘yilishi belgilab olindi.
TIQXMMI Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyi bitiruvchi o‘quvchilari filialga tashrif buyurib ijodiy faoliyat, mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlari, shuningdek talabalarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Filial matbuot kotibi Farrux Najimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati