Ilmiy yutuqlarni bardavomligi

TIQXMMI va ISMITI olimlari hamkorligidagi “Xorazm viloyatida kollektor-zovur suvlari shakllanishini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy mega loyiha ham 2021 yilning 9 iyul kuni ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy loyihalar tanlovining gʼolibi sifatida sertifikatga ega boʼldi. Mazkur mega loyihada TIQXMMI hamijrochi boʼlib, loyihaning ilmiy raxbari “Irrigatsiya va Melioratsiya” kafedrasi professori, q/x.f.d. Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 2,4 mlrd. soʼm (yilliga 800 mln soʼm), shundan TIQXMMI (hamijrochi)ga ajratilgan mablagʼ qiymati: 1,2 mlrd soʼm (yiliga 400 mln soʼm) dan iborat. Аsosiy ijrochi ISMITIdan loyiha raxbari q/x.f.n., dotsent Urazkeldiev Аbduvoxid Baxtiyorovich hisoblanadi va ularga ajratilgan mablagʼ ham 1,2 mlrd soʼm (yiliga 400 mln soʼm) ni tashkil etadi.

 

ITI va IPKT boʼlimi boshligʼi, prof. B.Matyakubov

TIQXMMI matbuot xizmati