Germaniya elchixonasi xodimi institutimizda

Xorazmda “Xalqaro yoshlar islohotlar forumi-2020” ko'chma Kuboki Toshkent jamoasiga nasib qilgan edi. Joriy yilning  9-yanvar kuni, Xorazmdagi forum Prezidenti, Germaniya elchixonasi xodimi O. Atayeva Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga rasmiy tashrif bilan keldi. O.Atayeva va Toshkent jamoasi sardori, yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi M. Baratov tomonidan kelishuv  imzolandi. Mavsumiy islohotlar forumi Bahor faslida Toshkent shahrida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida  bo’lib o’tishi rejalashtirilib olindi. Rejalashtirilayotgan Toshkent forumi beshta muhim tashabbusni o'zida qamrab oladi.

QXM fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi ma'lumoti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov