QVANT jurnali yangi sonining taqdimoti 

 Shu yilning 12-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Konferentsiyalar zalida mamlakatimizning buyuk aql sohiblari, yosh ixtirochilar, OАV vakillari hamda ilmiy-ommabop jurnal hamkorlarining uchrashuvi oʼtkazildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi jurnali nominatsiyalarining gʼoliblarini taqdirlash va innovatsion ixtirolar koʼrgazmasi taqdimotning uzviy qismi boʼldi. Vazirlik startaplar va tadbirkorlarga oʼz gʼoyalari haqida eʼlon qilish, tajribali biznes vakillariga esa, investitsiyalar uchun yangi loyihalarni topish imkonini beradi. Jurnal mualliflari, obunachilari va hamfikrlari orasida davlat idoralari, biznes vakillari, OTMlar, shuningdek ilm-fan va yangi texnologiyalarning harakatga keltiruvchi kuchiga qiziquvchi va uni tushunuvchi fuqarolar mavjudligi eʼtiborga molik.

Diqqatga sazovor jihati, ushbu tadbirda institutimizning “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori O.Tursunov “Jahon ilmiy hamjamiyatida mamlakat obroʼsini yuksaltirganligi uchun” nominatsiyasida gʼolib boʼldi. Tadbir soʼngida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Аzimjon Nazarov barcha gʼolib va sovrindorlarga esdalik sovgʼalari hamda diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. 
Bu ham institutimizning respublika ilm-fan sohasidagi yana bir eʼtiborli yutuqlaridan biri desak mubolagʼa boʼlmaydi.

TIQXMMI matbuot xizmati