11 fevral kuni 3 - Talabalar turar joyi 6 - qavat foyesida talabalarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalar bilan "Tanishuv", " Rag'bat", "Men 10 yildan so'ng", "Cho'kayotgan kema", "Ishchanlik qobiliyatini oshirish" Psixologik trening o'tkazdilar Psixologik treningni maqsadi:
- Guruhda ishonch va o'zaro qo'llab quvvatlash muhitini yaratish
- Ishonchni orttirish
- Guruhda axillik, birdamlikga yo'naltirish.
- Kayfiyatni ko'tarish
- maqsad oldidagi to'siqlarni olib tashlash (kechirolmaslik, alam , nafrat, tushkunlik).
Psixologik treningda talabalar faol ishtirok etishdi va o'ziga kerakli psixologik bilimlarni olishdi.
GIM fakulteti 3-4 kurs talabalari qatnashishdi.
Tarbiyachi- pedagog Xaitova Aziza axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov