Musobaqa zavqi

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3-TTJda 12 fevral kuni “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi hamda 3-TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova  Aziza boshchiligida, “Universiada – 2019” sport musobaqasi birinchi bosqich, talaba-qizlari o`rtasida “shashka” musobaqasi o`tkazildi. 
Musobaqada“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi 3-TTJ direktori Yo`live Zokir, kafedra mudiri Norqobilov Muhiddin, ass. Mahmudov Vohid va “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani muovini Tuychiyev Xayrulla hakamlik qilishdi. Musobaqada 50 dan ortiq talaba qizlar faol qatnashishdi. 
Musobaqa natijasiga ko`ra, uchinchi o`rinni “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabasi Qo`chqorova Gulruh ikkinchi o`rinni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabasi Abdukarimova Iroda egalladi. Birinchi o`rinni esa barcha raqiblaridan ustun kelgan “Gidromelioratsiya” fakulteti talabasi Tojiboeva Mahbuba qo`lga kiritdi.
Musobaqa qizg`in o`tganligi sababli boshqa kafedra o`qituvchi pedagoglari ham ushbu musobaqaga qiziqish bildirib o`zlari ham jarayon ishtirokchisiga aylanishdi.

3-TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova Aziza
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.