Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Gidromelioratsiya" fakulteti “Meliorativ gidrogeologiya” taʼlim yoʼnalishi 112-gurux talabalari va guruh murabbiyi Jasur Hamroqulov rahbarligida 2021-yilning 12-fevral kunida talabalarning mustaqil ta'lim kunini maqsadli tashkil qilish bo'yicha tasdiqlangan grafik asosida “Oʼzbekiston Respublikasi geologiya” muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Talabalarga “Oʼzbekiston Respublikasi geologiya muzeyi bilan toʼlaroq tanishtirish maqsadida ekskursiya oʼtkazildi. Ekskursiyani talabalarga muzey xodimi boshchiligida toʼliq tanishtirib berildi.
Talabalar muzeyni 1988-yil tashkil topganligi, Shuningdek, muzey kolleksiyasida 75 yil mobaynida yigʻilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovgʻa sifatida taniqli geologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, ekspozitsiyalar bilan tanishdilar. Muzeyda noyob obʼyektlar, yangi konlar boʻyicha tekshirish, qimmatbaho metallar va yarqirama toshlar xom-ashyosi, jumladan, zargarlik buyumlariga ekspert xulosalarining berilishi va boshqalar tadqiqotlar amalga oshirilganligi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Tashrif jarayonida talabalar muzey xodimlariga oʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi, berilgan savollarga aniq javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati