2019 yil 12 aprel sanasida institutimizda “Bitiruvchi yarmarkasi va Karyera kuni” tadbiri tashkil qilindi. Institutda 2018-2019 o‘quv yilida 21 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1504 nafar va 22 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 103 nafar talabalar hamda 3000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan Respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlaridan 145 ta suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika, yer resurslarini boshqarish, iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tashkilot va korxonalarning xodimlar bo‘yicha mas’ullari qatnashdi.
Tadbir davomida “Ish beruvchi” tashkilot va korxonalar va institut talabalari o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazilib, talabalarga tashkilot-korxonalardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir doirasida ko‘plab yoshlar o‘z ish joylarini tayin qilib olishdi, ularga yo‘llanmalar berilib, o‘zaro Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklash to‘g‘risida” shartnomalar ham imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Parkentsuvqurilish” MChJ va “Artel” kompaniyasi institutning bitiruvchi kurs talabalari bilan davra suhbatlari tashkil qilgan holda tashkilotdagi bitiruvchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida kengroq ma’lumotlar berildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov