“Uzatish funksiya va Laplas almashtirishi Vazn funksiyasi” mavzusida ma’ruza

“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi dotsenti Ismatullayev Xudjat Nigmatovich 3 bosqich talabalariga “Uzatish funksiya va Laplas almashtirishi Vazn funksiyasi” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada Toshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi Sayyora Yunosova, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani Isakov Abdusaid Jalilovich, O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ma’ruza davomida o‘qituvchi talabalarga kuchaytirish bo‘g‘ini, diffirensiallovchi bo‘g‘in, integrallovchi bo‘g‘in, izodrom bo‘g‘inlar haqida tushinchalar berib o‘tdi. Talabalar bilan birgalikda har bir bo‘g‘inlarni chizmalar bilan ifodalab formulalar asosida ko‘rib chiqdilar.


 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.