O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida Amerikaning xalqaro rivojlanish fondi YuSAID tomonidan moliyalashtirilayotgan Markaziy Osiyo mintaqalararo ekologik markazining Water Solutions Innovation Lab. “Suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etilgan akselerator Startap loyihalarini namoyishi, ya’ni final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur final bosqichida 10 ta jamoa o‘zlarining:
1. ERG (Engineering Research Group)-yuqori samarali erkin oqimga ega gidravloik trubina yaratish loyihasi;
2. GidroGel-cho‘llarni ko‘kalamzorlashtirish va namto‘plovchi gidrogel texnologiyasi;
3. Green Fitness –sport markazlarini quyosh panellari va foydalanuvchilarni o‘qitish orqali energiya ishlab chiqaradigan trenajyorlar bilan jihozlash texnologiyasi.
4. Impact.uz-yashil va ijtimoiy loyihalar uchun crowdfunding platformasi;
5. Makecraft.uz- maishiy chiqindilarni qayta ishlash platformasi;
6. Proteus - qo‘shimchali texnologiyalar asosida avtonom mini va mikro-gidroelektrostansiyalarni ishlab chiqarish (3D-bosma);
7. Mycelium- agrobiznes qo‘ziqorinlarni uylar, ofislar va restoranlar uchun 2 ta aqlli to‘plam bilan o‘stirish;
8. SmartGidro-O‘zbekistonning chekka hududlari uchun energiya tejash, suv ta’minoti va tomchilatib sug‘orishning yaxlit tizimi;
9. TheMET-GIS modellashtirish yordamida qishloq xo‘jaligini integratsiyalashgan metodologiyasini ishlab chiqish;
10. VIOM-quruq mahsulot/tovarlarni qadoqlash uchun suvda eriydigan va biologik parchalanadigan plyonkalar ishlab chiqarish;
Ishlanmalari bilan qatnashib, hakamlar (ekspertlar) tomonidan 2 ta loyiha finalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Amsterdamda o‘tkaziladigan Climate Launchpad-2019 xalqaro «zelenыx» biznes g‘oyalar konkursida qatnashish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldilar. Institutimiz talabalaridan iborat guruh (GM fakulteti 3-bosqich talabasi Turdiev Akbarali, Usmonova Mohibegim)-SmartGidro-O‘zbekistonning chekka xududlari uchun energiya tejash, suv ta’minoti va tomchilatib sug‘orishning yaxlit tizimi loyihasi bilan ishtirok etdi va faxrli 3 o‘rinni egalladilar.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov