Inson iqtidori uning serqirra fazilatlarga ega bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Ularning ro‘yobga chiqishi uchun sharoit va keng imkoniyatlar eshigining ochilishi maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni o'zida qamrab olgan "Yoshlar haftaligi - 2019" loyihasi boshlandi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan, 2019 - yil 11-noyabrdan 17-noyabrgacha bo'lib o'tadigan, "Yoshlar haftaligi - 2019" loyihasi 1-tanlovi 1-tashabbusga bag'ishlab o'tkazildi "Rassomchilik, dizayn, amaliy san'at, qo'lda yasalgan buyumlar" ko'rgazmasi fakultet talabalari hamda dekan muovunlari tomonidan yuqori tayyorgarlik asosida tashkil etildi. Rektorimiz boshchiligida bir guruh pedagoglar talabalarning qo‘l san'ati namunalarini ko‘rib baho berishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov