Mazkur ko‘rik-tanlov talaba-yoshlar qalbida Vatanimiz tarixi va kelajagi uchun dahldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, oila, mahalla va institutda yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlarga e’tibor berishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borishga mo‘ljallangan. Talaba-yoshlarda ma’naviyatni yanada yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyat va an’analar hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmat va ehtiromda bo‘lish tuyg‘ularini rivojlantirish har birimiz uchun muqaddas burchdir. Karantin davrida uyda qolib, masofadan turib turli ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarda ishtirok etish,yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga, vatanparvarlik his - tuyg‘ulari va sadoqatini o‘z oilasi, mahallasi, oliy o‘quv yurti, kasbiga bo‘lgan muhabbatini ezgu amallarining namunasidir.
Shu munosabat bilan institutimiz talabalari orasida tashkil etilgan «Qishloq mening taqdirimda» nomli virtual ko‘rik-tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etaman. Shu fursatdan foydalanib barcha g‘oliblarga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilayman. Institutimiz ravnaqi uchun tinim bilmay mehnat qilayotgan ustoz va shogirdlarga omad doimo kulib boqishini yaratgandan so‘rab qolaman. Ishonamanki, yoshlarimiz kelgusida yurtimizning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini yanada yuksaklarga ko‘tarishda o‘z hissalarini qo‘shadi. Yutuq barchaga muborak bo‘lsin, aziz talabalar.
1 – o‘rin
1. Jo‘raev B. - QSXET, 2-kurs, 500 000 (besh yuz ming)
2. Ro‘zmetov X. - GTQ, 3-kurs, 500 000 (besh yuz ming)
3. Shirinboev X.-TIQXMMI Qarshi filiali,1-kurs, 500 000 (besh yuz ming)
2 – o‘rin
1. Komilov I. - QSXET, 3-kurs,400 000 (to‘rt yuz ming)
2. Boboqandov Sh. - Magistratura yo‘nalishi, 1-kurs, 400 000 (to‘rt yuz ming)
3. Topilov S. - QSXET, 3-kurs, 400 000 (to‘rt yuz ming)
3 – o‘rin
1. Maxsudov M. - Magistratura, 2 –kurs, 300 000 (uch yuz ming)
2. Eshmirzaev A. - KSXET, 3-kurs, 300 000 (uch yuz ming)
3. Aminova Sh. -KSXET, 1-kurs, 300 000 (uch yuz ming)
Institut rahbariyati va jamoat tashkiloti vakillari