14 aprel “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov 1-2-kurs faol iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, avvalambor, fakultetimizda yosh talabalarga iqtisodiyot, marketing, sohalarini va uning bugunngi kunda jamiyatimizda tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish bilan birga fakultetimizning yuqori bosqich iqtidorli talabalari birinchi bosqich talabalari bilan fikr almashishlarini tashkil etishdan iborat edi. Maqsad ro‘yobga chiqdi. Yuqori kurslar o‘zlarining yutuq va tajribalarini yosh talabalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Iqtidorli talabalar tomonidan taqdim etilgan taqdimotlar turli mavzularni o‘z ichiga qamrab oldi. Yosh talabalar iqtisodiyot, marketing va ularning hayotimizda tutgan o‘rni, biznes, ko‘plab startaplar, stipendiyalar, institutimizning imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. “Yoshlar - yoshlarga” shiori ostidagi bu kabi uchrashuvlar aniq reja asosida tashkil etiladi, Institutimizning Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti faol birinchi va ikkinchi bosqich talabalari qisqa vaqt davomida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati