"Botanika bog‘i"da 9-may - Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tashrif buyurishdi. Shu munosabat bilan 2019-yil 10-may kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya (Suv omborlarida)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 17-guruh talabalari va guruh murabbiyi “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S. Mansurov boshchiligida Botanika bog‘iga sayohat uyushtirildi. Tashrif davomida talabalar bog‘ bayramona bezatilganligini, sahna ortidagi monitorda xalqimizning urush davrida ko‘rsatgan matonati va jasorati, mard o‘g‘lonlarining mislsiz qahramonliklari aks etgan lavhalar namoyish qilinadi.
Bog‘ ichidagi maydonda 1941-1945 yillardagi muhit aks etgan. Qo‘mondonlik shtabi, okop va blindajlar, tibbiyot punkti, dala oshxonasi qurilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy texnika, qurol-aslaha namunalari joylashtirilgan. Jang maydonlarida askarlarimiz ko‘rsatgan mardlik va jasorat, urushdan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi, ota-bobolarimizning front orti mehnat faoliyati aks etgan.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S.R. Mansurov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov