Sport - sog‘liq kafolati

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Aynan ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Xabaringiz bor, “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 2-kurs talabalari Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Sof oltin” massivida mutaxassislik fanidan o‘quv amaliyotini o‘tashmoqda. Joriy yilning 12 may dam olish kuni fakultet dekani Sh. Narbaev va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan oromgohda talaba-yoshlarni o‘quv amaliyotidan bo‘sh vaqtlarida har bir guruhlar o‘rtasida “SPORT BIZNI BIRLASHTIRADI” shiori ostida qizlar o‘rtasida voleybol, o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol hamda voleybol musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqada fakultetimizni barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar o‘z guruhlari bilan faol ishtirok etdi.

Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan musobaqamizda sportning voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida 208-209-guruhlar, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 206 -guruh g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Futbol musobaqasi bo‘yicha 210 - guruh talabalari faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan talabalarni fakultet dekani Sh. Narbaev 1-2-3- darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Darhaqiqat, musobaqa so‘ngida talabalarimiz madaniy dam olishlari uchun ajoyib konsert dasturi ham bo‘lib o‘tdi. Fakultet faollaridan yanada tashabbuskorlikni kutib qolamiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov