O’zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (8.10.2019 yil, PF-5847) da ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o’quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.
Institutimiz Rektorining 14.06.2021 yildagi №655/t buyrug’iga asosan “QSXET” fakulteti 5313200- Texnika va texnologiyalaming texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar) ta'lim yo'nalishining 2-bosqich 207-208 - guruh talabalari ham o’zlariga biriktirilgan korxona va tashkilotlarda sidqidildan o’z amaliyotlarini o’tab kelmoqdalar.
“Elektrotexnika va mexatronika”
kafedrasi stajyor-o’qituvchisi
A. Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati