Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani bilan uzviy bog’liqdir. Institutimizning bugungi kunda ilmga va uni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori juda yuqoridir. Mana shunday yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish va nazariy bilimlarni amaliyotda tadbiq qilish maqsadida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti F.А.Gapparov va kafedra assistenti Q.Sh.Eshquvatovlar Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan Ko’ksaroy suv omborida tadqiqot olib borishdi.
Tadqiqot davomida suv omborida mavjud bir qancha muammolar o’rganildi va kerakli xulosalar berildi. Tadqiqot jarayonida F.А.Gapparov yosh mutaxassis Q.Sh.Eshquvatovga suv omborlari bilan bog’liq mauammolarni sanab o’tish bilan bir qatorda ularning yechimlarini Ko’ksaroy suv ombori misolida ko’rsatib berdi.
TIQXMMI matbuot xizmati