Institutimiz rektori professor O‘.P.Umurzakovning joriy yilning 2021 yil 29- maydagi 553/t va 31-maydagi 575/t buyruqlariga binoan bakalavr yo‘nalishi 2 va 3 kurslarga 7-iyundan 31-iyulgacha “Elektr uskunalari montaj texnologiyasi” hamda “Ishlab chiqarish” amaliyotlari o‘tkazilib kelishmoqda. Ushbu amaliyotda talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda ko‘rib, sinab ko‘rish jarayonlariga erishishdi.
Amaliyot ob’ektlari “O‘zelektroapparat-elektroshit” AJ, Surxondaryo viloyat xududiy elektr tarmoqlari AJ, Toshkent viloyati xududiy elektr tarmoqlari AJ, Qashqadaryo xududiy elektr tarmoqlari AJ, Amu-Buxoro Kanali nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi, Chirchiq-Ohangaron nasos stansiyalari energetika boshqarmasi va qishloq va suv xo‘jaligiga qarashli barcha korxonalarda amaliyotlarni o‘tamoqda. Amaliyotga ETvaEJF kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbar etib belgilangan.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘.Xoliqnazarov
TIQXMMI matbuot xizmati