Ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish uchun abiturientlarni o‘qishga qabul qilish tartibi

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish uchun abiturientlarni o‘qishga qabul qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2008 yil 13 avgustdagi 15-son bayoni bilan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-avgustda 1844-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida NIZOM tasdiqlangan.

Ushbu Nizomga asosan ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar quyidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olishlari mumkin:

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqiga ega ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda oliy ta’lim muassasalarida ularning qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Joriy o‘quv yili uchun Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abiturientlar hujjatlar qabul qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz - onlayn platformasi orqali 2020 yil 10 avgustdan 31 avgustgacha amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasasining qabul komissiyasi kiruvchilarning bilim darajasini baholash maqsadida shakli va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladigan sinovlar o‘tkazish huquqiga ega.