Ilmiy tadqiqotlar innovatsion ixtirolar sari

Institutimizda talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda. 2019-yil 13-sentyabr kuni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-bosqich talabalari bilan soat 10:00 da, 1-bosqich talabalari bilan soat 15:00 da uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv samimiy suhbatga aylanib ketdi. Talabalarni qiziqtirayotgan soha to‘g‘risidagi barcha savollarga ustozlar tomonidan batafsil, hayotiy namunalar asosida javoblar berildi. Shu joyning o‘zida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limining talabalar bilan yanada yaqinlashtirish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida (Ilmiy bo‘lim https://t.me/tiqxmmi_ilmiy_innovatsiya) guruhi ochildi. Barcha yangilikka intiluvchi talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilarimizni taklif etib qolamiz.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi A.Mutalov axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov