Magistrantlar uchun seminarĀ 

Joriy yilning 12 oktyabr sanasida, institutimizda tahsil olayotgan 2 - bosqich magisrantlari uchun Scopus hamda ScienceDirect ilmiy texnik elektron bazalaridan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha institutning “Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi” boshlig‘i G‘iyosiddin G‘oziyev ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda bugungi kunda institutda ta’lim olish uchun yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratilganligi bilan bir qatorda, o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh olimlar uchun xalqaro e’tirof etilgan Scopus hamda ScienceDirect kabi ilmiy-elektron kutubxonalardan to‘liq foydalanish kabi imkoniyatlar mavjudligi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Tadbirning asosiy maqsadi magistrantlarning o‘z ilmiy ishlarini to‘g‘ri tashkil etishlari, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhida jahon olimlari tajribalaridan foydalanishlari dissertatsiya ishining yanada mukammallik kasb etishida juda ham muhimligi ta’kidlab o‘tildi. 
Shu bilan birga, taqdimotda ilmiy maqolalarni izlash, ilmiy ishga havolalar berish uchun qulay bo‘lgan Elsevier kompaniyasining yana bir mahsuloti “Mendeley” veb dasturi haqida tushuncha berildi hamda uning ishlash mexanizmi haqida amalda ko‘rsatib o‘tildi. 
Ta’kidlash joizki, “Magistratura" bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlarni chuqur bilim olishlari, o‘z ilmiy salohiyatlarini yanada oshirishlarida zamin bo‘la oladi va ularni jahon olimlari ilmiy ishlari bilan tanishishlarida muhim rol o‘ynaydi. 

"Magistratura" bo‘limi boshlig‘i muovini Sh.Azizov axboroti 
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov