Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar haftaligi 2019" loyihasining "Karvin san'ati, qovoq sayli" deb nomlangan 3 - tanlovi talabalar turar joyida bo'lib o'tdi. Tanlov qiziqarli tarzda tashkil etildi. Hattoki, ushbu tanlovda 3-talabalar turar joyiga kirishning iloji bo'lmadi.
Chunki, kirish zalida ko'plab tomoshabin talabalar "Karvin san'ati, qovoq sayli" tanlovi bo'yicha o'z fakultetlarini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishgan edi. Har bir jamoaning tadbirga e'tibor bilan yondashganligini ko'rib qoyil qolmasdan iloj yo'q. Tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan barchaga rahmat, aziz tarbiyachilar, dekanlarimiz, dekan muovinlarimiz, fakultet yetakchilarimiz va faol talabalarning hissasi katta bo’ldi. Natija quyidagicha bo’ldi.
Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov