Joriy yilning 12-fevral kuni TIQXMMI Qarshi filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir Zahiriddin Muhammmad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan "Ajdodlar ibrati-Vatan qudrati" mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni TIQXMMI Qarshi filiali direktori o‘rinbosari D.Quvvatov kirish so‘zi bilan ochib, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammmad Boburning hayoti, uning boy adabiy merosi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng Zahiriddin Muhammmad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari va qiziqarli viktorinalar talaba-yoshlar tomonidan namoyish etildi. Tadbir so‘nggida viktorina shartida g‘olib bo‘lganlarga va tadbirda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati