«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularni ilm-fanga qiziqtirish borasida «Gidravlika va gidroinformatika» kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, kafedra qoshida tashkil etilgan “Evrika” to‘garagi iqtidorli talabalari joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda «Gidravlika va gidroinformatika» kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazi bilan tuzilgan memorandumga asosan ochiq amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Ochiq amaliy mashg‘ulotda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasidan doktorantlar L.Samiev, S.Xoshimov, S.Jonqobilov, D.Atakulov, D.Allayorov, S.Melikuziev, magistrant Sh.Qoraxonov, bir guruh “Evrika” to‘garagi iqtidorli talabalari va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazidan markaz direktori Sh.M.Qurbonov, yetakchi mutaxassis I.Fozilovlar Suver Dopler S-30 va Yaponiya davlatida ishlab chiqarilgan KENEKLP-30 zamonaviy vertushkasi bilan shahrimiz markazdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida oqim chuqurligi bo‘yicha nuqtalardagi tezliklarni aniqlash ishlari birgalikda olib borishdi. Iqtidorli talabalar bu ishlarni o‘zlari amalda bajarib ko‘rdilar va katta qiziqish bilan kuzatib bordilar.
TIQXMMI matbuot xizmati