Teatr - ma’naviy tarbiya maskani

12-mart 2021-yil "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 404-guruh talabalari guruh murabbiyi S.Abdurahmonov va dekan muovini A.Juraev boshchiligida Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi hamda talabalarning xotirasida unitilmas iz qoldirdi. Zeroki, teatr bu insonlarni ma’naviy tarbiyalashga, ularning bilim va madaniyatini boyitishga, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskandir.

Atoqli rus yozuvchisi Mayakovskiy teatrni shunday ta’riflaydi: Teatr bu ko‘zgu emas, balki shisha”. Chunki odamlar teatrga kelib, aktyorlarning beqiyos ijrolari bilan gavdalanadilar va o‘zlarining illatlarini kashf etadilar.

YERB fakulteti dekan muovini  A.Yu. Juraev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati