“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, talaba va o‘quvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflarini uyushtirish maqsadida 11.04.2021 kuni “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Atakulov Dinislam Yermaganbet o‘g‘lining murabbiylik guruhi SXM yo‘nallishi 202-guruh talabalari bilan birgalikda salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan va hamisha navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Dastlab yer yuzining sayqali deb tan olingan, Amir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlat poytaxtida joylashgan mashhur Registon maydoniga, «Tirik shoh» maqbaralar majmuasi ya’ni Shohi Zinda va Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etilgan Amir Temur maqbarasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan maskan – Samarqand markazidagi Hazrati Xizr majmualariga tashriflar amalga oshirildi.
Ushbu ziyorat talabalarning ma’naviyat, tarix, san’at sohasida hamda milliy qadriyatlar va an’analar, madaniy merosimiz to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning tarixiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmatini yanada oshirishda ma’lum darajada xizmat qiladi. Talabalar mazkur ziyoratdan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan qiziqarli va boy ma’lumotlarga ega bo‘lib, katta taassurotlar bilan qaytdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati