Nazariya va amaliyotdagi hamkorlik yurt taraqqiyotining muhim omili

Xozirgi zamonda insoniyat extiyojlari uchun zarur bo‘lgan har qanday narsa borki o‘zining standartlariga sertifikatlariga ega bo‘lishi zarur. Ayniqsa bu hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta ushbu sohani yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy etish, sohaning yetuk kadrlarini tayyorlash sohada nazariya va amaliyotni ilmni qo‘llab quvvatlashni bugungi kunning o‘zi isbotlab turibdi.

Shu nuqtai nazardan «O‘ZSTANDART» agentligi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘rtasida 2019-yildan buyon o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bir qancha amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ushbu hamkorlikning samarasi o‘laroq joriy yil 12-aprel kuni «O‘ZSTANDART» agentligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori O‘.Umurzakov hamda «O‘ZSTANDART» agentligi Bosh direktori D.Sattarov ishtirok etishdi. Tadbirda  agentlik va institut o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni yanada kengaytirish 5+1 tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni, ya’ni nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish borasida izchil harakatlarni kengaytirish ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuning eng diqqatga sazovvor jihati shunda bo‘ldiki, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida loyixa qiymati qariyb 3.0 milliard so‘m bo‘lgan «Metrologiya o‘quv laboratoriyasi» ochish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirdilar. Bundan tashqari ushbu kelishuvda 2021-2022 o‘quv yilida «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» bakalavriyat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish hamda 2022-2023 o‘quv yillarida magistr va doktorantura ta’lim yo‘nalishlarini ochish ham nazarda tutilgan. Nazariya va amaliyotdagi bunday hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va uni izchil rivojlantirib borish kelgusida yurt taraqqiyotining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

TIQXMMI  matbuot xizmati