2019 yil 14 iyun kuni soat 11-00 da institutning B bino 112 xonasida Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Gidrotexnika qurilishi fakultetining faol iqtidorli yoshlari bilan Sh.Imomov tomonidan O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, yosh olimlar, talabalar doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hamda ko‘p tarmoqli davlat grantlari haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida bo‘lim xodimlari o‘zlarining taklif va mulohazalarini berib, talabalar bilan do‘stona muloqot qilishdi. Talabalarning qishloq-xo‘jaligi, gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlovchi omillar haqida bergan savoliga javob berar ekan, Sh.Imomov buning zamirida maktabda olinadigan ta’lim, oliy ta’limdagi yuqori o‘zlashtirish, ta’limga qaratilayotgan rag‘batlantirishlar yotganligini aytib o‘tdi. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari N.Shaymonov, Z Temirovalar so‘zga chiqib talabalarning yuzaga chiqmagan yangi innovatsion g‘oyalari bo‘lsa, ularni yuzaga chiqarib va bu g‘oyalarni ishlab-chiqarishga tadbiq etib yanada takomillashtirish yo‘llari to‘g‘risida aytib o‘tdilar. Bunday uchrashuvlar sonining ortishi iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarishdagi yana bir qadam bo‘ladi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi metodisti Z.Temirova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov