Uchrashuv “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani U.Qoʻziyev, “Qishloq xoʻjaligi mashinalari” kafedra mudiri K.Astanakulov va Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sh.Raxmonov va Hubey Technology Market Association korxonasi vakilari bilan birgalikda boʻldi. Uchrashuvni U.Qoʻziyev ochib berdi va K.Astanakulov tomonidan TIQXMMI va uning faoliyati haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtildi.
Hubey Technology Market Association – Xitoyning qishloq xoʻjalik texnikalarini ishlab chiqarish boʻyicha yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston va Vuxan provinsiyasi iqlim, ekologik va tuproq qatlamlarining sharoitlari oʻzaro oʻxshashligi ularning bu oʻlkada texnologiyalarini joriy etish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini taʼkidlab oʻtildi.
Yangiyoʻldagi baliqchilik xoʻjaligidagi tajriba xoʻjaliklari haqida soʻzlab berishdi. Ushbu korxona institut bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi.
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov