Joriy yilni 12 oktyabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti anjumanlar zalida fakultet dekani Sh.Narbayev hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ijarada va yaqin qarindoshini uyida istiqomt qilayotgan talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i H.Xaydarov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB FMBT va EQKB katta tezkor vakili leytenant S.Hasanov, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirga so‘zga chiqqanlar talabalarga eng avvalo, uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, ijarada yashash tartib qoidalari to‘g‘risida, ijarada yashash manzili bo‘yicha mahalla hamda uchastka noziri bilan doimiy aloqada bo‘lishlari lozimligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar orqali javob olishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov