Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish usullari

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda suv resurslari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyot tarmoqlari orasida qishloq xo‘jaligi eng yirik suv iste’molchisi sanaladi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yangi, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu mavzuda bugun institutimizning B o‘quv binosi 08 auditoriyada 3 bosqich talabalariga Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish usullari mavzusida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Kasimbetova Saltanat Abdullayevna o‘qidi. Ma’ruzachi dars avvalida talabalarga Sug‘orish usuli mazmuni haqida batafsil ma’lumot berib, so‘ngra sug‘orish turlari haqida aytib o‘tdi. Sug‘orish turlarini tushintirar ekan, har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari haqida tushintirib o‘tdi. Ochiq ma’ruzada Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi assistenti Shohrux Azizov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi. 

 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.