TIQXMMI birinchi prorektori Prof.B.Mirzayev boshchiligida bugungi kunda hujjatlar qabul qilish davom etayotgan Vengriya hukumati tomonidan mazkur davlat OTMlarida tahsil olishni moliyalashtiruvchi “Stipendium Hungaricum” dasturi bilan talabalarni tanishtirish maqsadida taqdimot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda institutimizning IELTS sertifikatiga ega 1 bosqich iqtidorli talababari “offline”, 2 bosqich talabalari esa Zoom platformasi orqali “online” ishtirok etishdi. Uchrashuvni prorektor B.Mirzayev ochib berib, bir necha yillardan beri Vengriya OTMlari bilan imzolangan xalqaro shartnomalar asosida hamkorlikda bir qator xalqaro loyihalar amalga oshirilayotganligi, bugungi kunda Vengriyadagi hamkor OTMlar bilan “Double degree” dasturini yo’lga qo’yish ustida ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Shundan so’ng, institutning Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov so’zga chiqib, o’z taqdimoti davomida “Stipendium Hungaricum” dasturi, uning maqsad va vazifalari, moliyalashtirish yo’nalishlari va turlari, dasturga hujjat topshirish tartibi bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tdi. Mazkur dastur Vengriya OTMlarida bakalavriatura, magistratura va doktoranturada to’liq va almashinuv asosida tahsil olishni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu dastuga hujjatlar qabul qilish 2021 yilning 16 yanvariga qadar davom etadi.
“Stipendium Hungaricum” dasturi to’grisida batafsil ma’lumotni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin: https://stipendiumhungaricum.hu/. Hujjatlar topshirish esa, quyidagi veb-sahifa orqali amalga oshiriladi: https://apply.stipendiumhungaricum.hu/. Agar sizda dasturda qatnashish yuzasidan savollar tug’ilsa, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov (ilhom.isakovich@gmail.com) bilan bog’lanishingiz mumkin.
TIQXMMI matbuot xizmati