Ixtirolar mohiyatida yangilik turadi. Uni ommaviylashtirish esa tahsabbus va tashkilotchilik bilan bog’lanadi. Bugungi kunda har bir sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish bo'yicha katta ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o'rinda Geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari sohasida ham innovatsion texnologiyalarni qo'llash bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini guvohi bo'lyapmiz.
Bugun TIQXMMI ning “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi Jurayev Abdulla 2 - kurs talabalari bilan birgalikda sohaning yetakchi korxonalaridan biri Geoinformkadastr DUK mutaxassis xodimlar S. Safayev va Q. Karimbayevlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan yutuqlar hamda zamonaviy texnologiyalaridan bo'lgan uchuvchisiz uchish qurilma (dron) A6Puls va Phantom 4 Prolarning afzalliklari, yutuqlari va ishlash tizimi haqida o'quv amaliy jarayonda ko'rsatib berildi.
Hozirda bu dronlardan qishloq xo'jaligi yerlarini monitoring qilishda, elektron kartalar yaratish uchun ortofotoplanlar tayyorlashda va joylarning 3D modellarini ishlab chiqishda foydalanilmoqda. Eslatib o'tamiz Pantom 4Pro dron Rossiyaning "Perio" kompaniyasidan A6Puls Xitoyning "MMS" kompaniyasidan olib kelinib bugungi kunda Geoinformkadastr DUK da foydalanib kelinmoqda.
YRB fakulteti dekan muovini Jurayev Abdulla axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov