Joriy yilning 13 dekabr kuni institutimizga Germaniyaning LOGO (Yevropa qishloq xoʻjaligi va ekologik taraqqiyoti) jamiyati rahbari Xartvig Mennen hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari B.Gʻaniyev tashrif buyurdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad LOGO jamiyatining faoliyati, maqsad va vazifalari bilan institutimiz bakalavriatura va magistratura bosqichidagi talabalarini yaqindan tanishtirish, shuningdek, talabalarni 6 oydan 1 yilgacha muddatga Germaniyaga qishloq xoʻjaligi sohasida amaliyotga yuborish va ularni qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi bilimlarini mustahkamlash boʻyicha imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat boʻldi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 25 sentyabrdagi PF-5545-son Farmoni bilan yangi tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati va vazifalari toʻgʻrisida jamgʻarmaning direktor oʻrinbosari B.Gʻaniyev talabalarga maʼlumot berdi. Uchrashuv soʻngida talaba va magistrantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan mehmonlarga yuzlandilar.
Institut xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi I. Abdurahmonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov