2018 yil oktyabr-dekabr oylarida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “MЕN SHU AZIZ VATAN FARZANDIMAN!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasidagi “Oʻquvchilarni qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib ularning savodxonligini oshirishga koʻmaklashish” maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti fakulteti va Toshkent shahar Shayxontohur tumani 324-sonli maktab bilan hamkorlikdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “Oʻzbekiston taraqqiyotida mening hissam” mavzusida 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Bu bellashuvda quyidagi 8- sinf oʻquvchilari faxrli oʻrinlarni egalladi. Raxmatullayev Saidaʼlo, Sobirjonov Doniyor, Axmadova Nigina, Raxmonova Mohira va Raximova Moxidillar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Gʻolib va sovrindor oʻquvchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov