TARIXIY  TANGA - MUHRDIR VATANGA

Muzey asli moziy muhri bo‘lsa-da, unda saqlanayotgan eksponatlar, suvratlar o‘tmishni ko‘z oldingizda jonlantira olishi bilan aphamiyatlidir. Tangalardagi ramzlar, muhriy belgilar, oldш va orqa tomonidagi bitiklardan tortib uning mis, kumush, oltindan yasalganlari qiymati bilangina emas, balki tarixiy voqelikni akslantira olishi bilan ahamiyatlidir. Qanchadan qancha qo‘llardan o‘tib, muomala vosita sifatida u bizning davrimizgacha yetib keldi. Uning tarkibi, nimadan yasalgani, aniqrog‘i, tarixi bilan tanishtirilishi kishiga keng bilim va ma’lumotlar berishi bilan mohiyatlidir.

2018 yil 14 dekabr kuni "Axborot va murabbiylik soatlari"da “Gidromelioratsiya”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetlari 1 va 2 kurs rus guruhlarida Sergey Borodin uy-muzeyi direktori G. Axunova hamda muzey katta ilmiy  xodimi A. Musakaevalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda tangashunos olima A. Musakaeva tomonidan  mamlakatimizda tarixida  tovar-pul munosabatlari o‘rnatilgan davrdan boshlab amalda bo‘lib kelgan tanga-pullar haqidagi qiziqarli taqdimot talabalar hukmiga havola etildi.

Shuningdek, S. Borodin uy-muzeyi direktori G. Axunova tomonidan muzeyda saqlanayotgan S. Borodinning boy numizmatik kolleksiyasi borasida ham ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir so‘nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Z. Haydarov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov