2021-yil 15-aprel kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetida ish beruvchi tashkilotlar bilan fakultet ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari, fan dasturlarini ekspertiza qilish va bugungi kun talabiga moslashtirish masalalariga oid seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga ATB “O‘zmilliybank”, ATB “Agrobank”, “Suvsanoatmash” AJ, “O‘zsuvloyiha” AJ, Toshkent viloyati Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasidan, “O‘zbekgidroenergo” AJ, ATB “Agrobank” Samarqand viloyati filialidan mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Seminarda ish beruvchilar tomonidan ko‘plab takliflar berildi, oliy ta’lim muassasalari e’tiborini kuchaytirishi lozim bo‘lgan ayrim muammoli holatlar to‘g‘risida fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, talabalarning amaliyot davri eng kamida 4 oydan kam bo‘lmasligi kerakligi, imkoni bo‘lsa to‘liq bir yil amaliyot o‘tashi maqsadga muvofiq ekanligi aytildi. Talaba amaliyot davrida ish beruvchilar tomonidan ishga qabul qilinadi. Ham ish o‘rganishi, ham maosh olishini ta’minlash ularda mas’uliyatni oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Amaliyot tugagandan keyin oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida DAKsini bevosita ish beruvchi tashkilotda o‘tkazish takliflarini berishdi. Ishtirokchilar ushbu seminarni doimiy amal qiluvchi seminarga aylantirish, unda ish beruvchilar ro‘yxatini keskin ko‘paytirish taklifini ham kiritishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati