2020 yilning 15 may kuni “Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini yakunladi. Anjumanda 385 dan ortiq savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Savol berish jarayoni bugun soat 18 : 00 ham qizg‘in davom etayotganligi uchun anjuman ishini tashkiliy qo‘mita 16 may soat 12:00 qadar davom ettirishni ma’qul deb topdi. Shuning uchun anjuman o‘z ishini qo‘shimcha 16.05.2020 y. soat 12:00 gacha davom ettiradi. 15 may kunidagi faol ishtirokchilar va savol olib javob qaytarmaganlar (29 ta savol) ro‘yxati ilova qilinmoqda. Tashkiliy qo‘mita barcha faol ishtirokchilarga o‘zining minnatdorchiligini bildiradi.
Tashkiliy qo‘mita