Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam. Shuning uchun har bir fuqarodan saylov jarayonlarida yuksak mulohazakorlik va mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga daxldorlik tuyg’usi talab etiladi. Negaki, xalq kimgaki yuksak ishonch bildirsa, ertaga u butun mamlakat taqdirini belgilab beruvchi jarayonlarni boshqaradi. Shu sababli mamlakatimiz aholisi joriy yilning kuzida kutilayotgan Prezident saylovi jarayonlariga har qachongidan katta qiziqish bildirayotgani tabiiy. Joylarda bo’lib o’tayotgan uchrashuvlar, targ’ibot-tashviqot tadbirlari fuqarolarni saylovda munosib nomzod uchun ovoz berishda faollikka chaqiradi. Nomzod bir yoki ikki og’iz gap bilan emas, aksincha, xalq dardini astoydil tinglab, uning murojaatlariga xizmat qiladigan taklif bilan chiqishi darkor.
Аna shunday targ’ibot-tashviqot tadbirlardan biri “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari joylashgan 1 - TTJda bo’lib o’tdi. Unda YeRB fakulteti dekani Sh.Narbaev, dekan o’rinbosarlari H.Eshova, tarbiyachi pedagog Sh.Islamova hamda Mirzo Ulug’bek mahalla profilaktika inspektorlari Saydaxmedov Sarvarxodja Sunnatovich, Voxobov Otaxon Ilyos ugli, mahalla raisi Yusupov Ravshan Аbilovichlar bilan birgalikda targ’ibot tashvikot ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida ham davra suhbati olib borildi. Tadbirda bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarliklarning ko’rinishlari haqida to’xtalib, barchani ogohlikka chorladi va talaba-yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg’usini shakllantirish, din erkinligi, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik xususidagi bilim va ko’nikmalarni yanada oshirish kerakligini aytib o’tdi. O’tkazilgan tadbir chin ma’noda yoshlarni turli zararli illatlarning oldini olish borasida ko’plab qimmatli ma’lumotlarni olishlari uchun yana bir imkoniyat bo’ldi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H. Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati