Vengriya mamlakatining Obuda universiteti vakillari TIQXMMI Buxoro filialiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda TIQXMMI Buxoro filiali direktori texnika fanlari doktori, professor Imomov Shavkat jaxonovich, Xalqaro hamkorlik bo’limi rahbari Qodir Sobirovlar va Obuda universiteti rektori professor Levante Kovaks va prorektori professor Dr. Pogatsnik Monikalar ishtirok etishdi.professor Levante Kovaks hozirgi kungacha O‘zbekiston va Vengriyaning oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi, mavjud xalqaro loyihalar, qo‘shma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida TIQXMMI Buxoro filiali direktori tomonidan filialda tashkil etilgan loyihalar va kelajakda amalga oshirish ko‘zda tutilgan rejalar haqida ma’lumot berildi hamda Obuda universiteti bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. Tashrif so’ngida ikkala tomon ham o’z mehmondo’stligini bildirib o’tirishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati