Talabalik - oltin davr

Har bir faslning singari har bir davrning ham o‘z fazilati va xislati bor. U toblaydi, hayot sinovlaridan, turmush dovonlaridan muvaffaqiyatli oshib o‘tganlargina nurli qoyalarni egallaydi. Talabalik davri ham hammaga nasib etavermaydi. Demak bu baxt, bu sinov, bu omad, bu ma’uliyat pallasi. Shu bois butun dunyoviy mohiyatga ega talabalik xalqaro ahamiyat kasb etgan. 15 noyabr kuni institutimizda 17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan va bayram tadbiri tashkillashtirildi. Institutimizning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Ruzimurot Choriyev tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ma’rifiy tadbirda, ayniqsa, Surxondaryo "Boysun" folklor jamoasining tashrifi va musiqiy tabriklari davraga yanada fayz kiritdi. Ular o‘zlarining folklor va estrada qo‘shiqlarini, aniqrog‘i baxshiyona ijrolari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Tadbirda fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari faol qatnashishdi. So‘ngra GTQ, fakulteti 3 kurs talabasi Boymirzayev Turgunbek o‘zining sho‘x, dilrabo qo‘shiqlari bilan barcha talabalarni raqsga chorladi.

Tarbiyachi - pedagog, psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov