O’sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’naltirish, hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustuvor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun ota-onalar hamda ta’lim muassasalarining o’rni va u yerda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar hamda psixologlarning faoliyati katta ahamiyatga ega. 2021-yil 14-iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali professor-o’qituvchilari G.Boyqulova va N.Erkayevalar Qarshi Davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga Akademik yoki kasbiy tanlov qilishda tavsiyalar berish maqsadida tashrif buyurishdi.
Tadbirda professor-o’qituvchilar TIQXMMI Qarshi filiali tarixi, tashkil etilishi, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan fakultet, kafedra, mavjud yo’nalishlar, talabalar hayoti, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, kredit-modul tizimi, olib borilayotgan amaliyotlar, laboratoriyalar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:kasbiy ma’lumotlar berish, kasbiy maslahatlar berish, kasbiy tashxis. Kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad, pirovard natijada ularni jamiyatga foyda keltira oladigan kasb egalari etib tayyorlashdir. Zero, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lish biror-bir kasbni egallash orqaligina amalga oshadi.
“Irrigatsiya va melioratsiya ” kafedrasi o'qituvchisi N.Erkayeva axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati