“Mening yotoqxonadagi hayotim”

15-iyun kuni institut psixologi M. Muxamedova 3-TTJ talaba qizlari bilan “Yotoqxona – ikkinchi uyim” mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbirda SXTEB, KXM fakulteti qizlari ishtirok etishdi. Tadbir talaba qizlarning yotoqxonadagi sharoitlarini va ijtimoiy munosabatlarni aniqlashtirishga qaratildi. Mavzuga oid so'rovnoma olindi. So'rovnoma natijalariga ko'ra barcha talabalarga talabalar turar joyidagi sharoitlar ma'qul kelayotgani, tarbiyachi pedagog, xodimlar ishidan barchalari mamnun ekanliklari aniqlandi.

Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati