SIFATLI TA’LIM VA SAMARALI AMALIYoT

Nazariy bilimlarni mustahkamlashda amaliyotning o‘rni katta. Shuning uchun ham o‘quv dargohlarida nazariya bilan amaliyot birdek olib boriladi. Zero, sifatli ta’lim va samarali amaliyot – yetuk mutaxassis tayyorlashning garovi, deb bejiz e’tirof etilmagan. Talabalar ishlab chiqarish amaliyotida korxona, muassasa tashkilot faoliyatini o‘rganish va boshlang‘ich amaliy tajribaga ega bo‘lish asosida olingan bilimlarni mustaxkamlashga, kengaytirishga, chuqurlashtirish va tizimlashtirishga yo‘naltirilgan. Yuqoridagi fikrlarning tasdiqi sifatida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya (Suv omborlarida) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 315-guruhning 7 nafar talabasi Surxondaryo viloyati Suv omborlardan foydalanish boshqarmasi buyrug‘i asosida ishlab chiqarish amaliyotini Janubiy Surxon suv omborida o‘tamoqda talabalar amaliyot rahbari ass. S.R. Mansurov boshchiligida ishlab chiqarish amaliyotini sifatli va samarali o‘tamoqda.

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov S.R. axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov