Talabalar innovatsion ixtirolar sari

Institutimizda talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda. 2019-yil 13-sentyabr kuni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari ishtirokida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti 3-bosqich talabalari bilan soat 10:40 da, 1-bosqich talabalari bilan soat 15:40 da uchrashuv tashkil etildi.

Talabalarni ilmiy ishlarga jalb etish, ilmiy maqolalar yozish shartlari, innovatsiya va novatorlik sohasida o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish hamda ishlanma va g‘oyalarni tijoratlashtirish tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Institut iqtidorli talabalarining yangi innovatsion ishlanmalari maketlari bilan tanishtirildi. Uchrashuv samimiy suhbatga aylanib ketdi. Talabalarni qiziqtirayotgan soha to‘g‘risidagi barcha savollarga ustozlar tomonidan batafsil, hayotiy namunalar asosida javoblar berildi. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limining yangi telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhiga (Ilmiy bo‘lim https://t.me/tiqxmmi_ilmiy_innovatsiya) taklif etib qolamiz.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi D.Akbarov axboroti

Institut matbuot markazi rahbari R. Jumaniyozov