“Способы задания плоскости на чертеже. Плоскости общего и частного положения” mavzusida ochiq ma’ruza

Chizma geometriya va muxandislik grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi 15 oktyabr  4 juftlikda “Способы задания плоскости на чертеже. Плоскости общего и частного положения” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada kafedra mudiri hamda stajyor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
O‘qituvchi mavzuni talabalarga chizmalar hamda masalalar orqali tushintirib berdi, kesishish holatlarini esa quyidagicha tushintirdi:
Tekislikni chizmada izlari bilan tasvirlash ancha qulay va afzaldir. Tekislikning Ох, Ой va Оз koordinata o‘qlari bilan kesishgan nuqtalari Пх, Пй, Пз bilan belgilanadi, ya’ni Пх=П∩Ох, ПЙ=П∩Ой, Пз=П∩Оз.Bu nuqtalar tekislikninng ikkita izining kesishishidan hosil bo‘ladi. Tekislik qanday tarzda berilishidan qat’iy nazar, uning izlarini ortogonal proyeksiyalarda yasash mumkin. Masalan quyidagi rasmda o‘zaro parallel bo‘lgan n va m to‘g‘richiziqlar orqali berilgan П tekislikning izlarini aniqlash ko‘rsatilgan. Buning uchun n va m chiziqlarning gorizontal izlari aniqlanadi va ular tutashtiriladi hamda tekislikning gorizontal ПХ izi hosil qilinadi.  ПҲ bilan Ox o‘zaro kesishib PX nuqtani aniqlaydi va u m to‘g‘ri  chiziqning  frontal izi мВ   bilan tutashtiriladi. Natijada tekislikning frontal izi ПВ ga ega bo‘linadi.
Chizmalar talabalarga animsion shakilda ko‘rsatildi hamda dars so‘ngida bliss so‘rov o‘tkazildi.


 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.