Joriy yilning 17-oktyabrida 4-TTJ “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talaba qizlari muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning beshta muhim tashabbusidan biri bo'lgan beshinchi tashabbusi ya'ni “Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash” masalalarini nazarda tutuvchi tashabbus ostida fakultet 1-bosqich talaba qizlari Yashnabod tumanidagi Semrug-MSA tikuv sexida bo'lib, bu yerdagi tikish-bichish ishlari bilan tanishib, o'zlari qiziqqan ma'lumotlarni olishdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad talaba qizlarni bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda qo'shimcha daromad topish. Shu jumladan, 2- bosqich talabasi Yo'ldosheva Shaxnoza, 3-bosqich talabasi Tojiyeva Maxbubalar shu sexda darsdan bo'sh vaqtlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu tashrif nihoyasida talaba qizlarimiz kelajakda har bir qiz uchun hunar egallash lozim ekanligini tushunib yetdi.
4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov