Tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha muammoli maʼruza doimo eʼtiborga molik boʻlgan. 2018 yil 15-dekabr kuni professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirokida “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida tashkil etilgan “Energiya tejash milliy komaniyasi” AJ Bosh direktori oʻrinbosari t.f.d. professor Qalandarov Polvon Iskandarovichning “Энергосбережение и перспективы развития возобновляемой энергетики мира и Узбекистана” mavzusidagi muammoli maʼruzasi tinglandi. Mazkur tadbirda asosan Oʻzbekiston va butun dunyodagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari tarixi va ularning rivojlanish istiqbollari hamda davlat va xususiy korxonalarda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish boʻyicha ishtirokchilar bilan muzokarali suhbat olib borildi. Tadbir soʻngida t.f.d. professor P.I.Qalandarov tomonidan tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha oʻzlarining tavsiyalarni berib oʻtildi.
“ET va QTEM” kafedrasi magistranti A.Mustafoqulov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov