Kelajak maktab ostonasidan boshlanadi

   Oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari maktab tizimida o‘z bilimlarini o‘rtoqlashishi ma’rifiy maqsadning nishonasi deyish mumkin. Chunki, yoshlarga maqsadni belgilash va unga erishish uchun qanday yul tutishlari singari motivatsion suhbatlar koni foyda. Davlat dasturiga muvofiq bunday ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar. O‘rta chirchiq tumanidagi 56 - o‘rta maktabning 11 - sinf o‘quvchilariga xuddi shu mavzularda suhbat o‘tkazish zarurati yaqqol sezildi. Sababi shundaki, o‘tgan o‘quv yilida ushbu maktabning birorta o‘quvchisi oliy ta’limga kira olmabdi. To‘g‘ri, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, biz bolalarni imtihonga emas, hayotga tayyorlashimiz kerak. Lekin, bilimsiz o‘quvchini hayotda o‘z o‘rnini topishi ham mushkul. Shu tumandagi maktab o‘quvchilari bilan ishlash institutimizning "Gidromelioratsiya" fakultetiga biriktirilgan. Xuddi shunday ma’rifiy, motivatsion maqsad bilan "Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fathullayev O‘rta chirchiq tumanidagi 56 urta maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tdi. Tajriba almashish, malaka oshirish maktab o‘quvchilariga motivatsiya berish kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordam beribgina qolmay, balki, imkoniyat va iste’dod eshiklarini ham ochadi. O‘quvchilarning qiziqishi ortadi, bilimga nisbatan e’tibori yuqori bo‘ladi. Qolaversa, bu harakat ta’lim taraqqiyotini takomillashuvi va taraqqiyotiga xizmat qiladi. Dekan ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir savol va javoblar bilan qizg‘in tarzda kechgani e’tiborlidir.




 

TIQXMMI matbuot xizmati