Samarqand sari sayr-u sayohat

Yoshlarimiz ong-u shuurini ajdodlarimizdan qolgan moddiy va madaniy meros bilan tanishtirish xayrli va ma’rifiy maqsad.  Xuddi shu niyatda joriy yilning 18-aprel kuni TIQXMMI Qarshi filialining “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo’jaligida)”  taʼlim yoʼnalishining 1 - bosqich tashabbuskor talaba-yoshlari ko'hna Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

    

Ulug‘lar o‘tgan qadamjolarni ziyorat qilish inson tafakkuru dunyoqarashini ma’rifat yog‘dusi bilan to‘yintirish demakdir. Ustoz va shogirdlarning muqaddas qadamjolarga tashrifi ruhiy xotirjamlik hamda shukronalik tuyg‘usini his etishga imkon tug‘dirishi tayin.  Samarqand shahrida joylashgan bir nechta ziyoratgohlarda bo‘lishdi. Dastavval, sayohatning boshlanishi Imom Al-Buxoriy ziyoratgohidan boshlandi. Talabalar ziyoratgohda joylashgan muzey va Imom Al-Buxoriy qabri yonida uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

 Tashrif davomida yoshlarimiz Imom Al-Buxoriy maqbarasi, Registon maydoni, Go'ri Amir maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda maqbarasiga va birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbaralarini ziyorat qilishdi. Undan tashqari talabalar hozirgi kunda Samarqand shahridagi o'zgarishlar bilan tanishishdi. Yoshlarimiz ko'hna shaharning boy tarixini o'rganib boy tajribalar to'plab qaytishdi.

 

 

"Umumtexnik fanlari" kafedrasi assistenti A. Tursunov, D. Ochilov, O. Yunusovlar axboroti

TIQXMMI Matbuot xizmati